Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

0
2257

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammoli masalalarini aniqlab, uning o‘z yechimini topishida barcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, Navoiy viloyatining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan Zarafshon shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari ishtirokida ommaviy-sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi va vazirlik tasarrufidagi qo‘mondonlik rahbariyati, boshqa vazirlik hududiy bo‘linmalari, idoralar va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar hamda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

O‘tkazilgan sayyor qabul natijasiga ko‘ra, kelib tushgan 75 ta murojaatdan 36 tasi joyida hal etilib, 21 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat talab etadigan 18 ta murojaat esa nazoratga olinib, ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.

Harbiy oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti