Jizzaxda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

0
1561

Respublika bo‘ylab ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ongida mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan turli xil vatanparvarlik tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Sharof Rashidov tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida “Rahbar va yoshlar”  uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda komandirlar milliy armiyamizdagi o‘zgarishlar, mudofaa salohiyati, oliy harbiy bilim yurtlari hamda harbiy xizmatchilarimizning qo’lga kiritayotgan ulkan yutuq va marralar haqida so‘zlab, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni e’tirof etdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish bo‘yicha yoshlarga o‘z tavsiyalarini berishdi.

Tadbir davomida “Vatan tayanchi” harakatiga a’zo bo‘lgan maktab o‘quvchilarining vaʼda berish marosimi o‘tkazildi. Otryad aʼzolariga ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirishdi. Bundan tashqari, harbiy orkestrning konsert dasturlari, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi va faxriy qorovulning chiqishlari namoyish etildi.  

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati