Jizzaxda “Ochiq eshiklar kuni”  va “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

0
1279

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda harbiy prokuratura vakillari bilan hamkorlikda Jizzax sahrida joylashgan umumta’lim maktablarining 250 nafar o‘quvchi yoshlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni”  va “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbir yoshlarni milliy g‘oya va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, yurtimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Uch avlod vakillari bilan o‘tkan uchrashuvda ham suhbat jarayonlari aynan shu ezgu maqsadlarga qaratilib, unda ko‘p yillik tajribaga ega faxriylar mamlkatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi haqida so‘zlab, kelajak avlodga o‘z nasihatlarini berishdi.

Shuningdek, tadbirda joriy yilda maktabni tamomlovchi yigitlar uchun oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish tartibi, topshiriladigan hujjatlar, saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati haqida batafsil ma’lumotlar berilib, faol yoshlar rag‘batlantirildi.

Shundan so‘ng, tadbir jarayonlari Qurolli Kuchlarimizda mavjud bo‘lgan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, qo‘l jangi chiqishlari hamda harbiy orkestrning ona Vatanni ulug‘lovchi va tinchlikni tarannum etuvchi  kuy-qo‘shiqlariga ulanib ketdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati