Yoshlarga oid davlat dasturining ijrosi

0
1018

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida koʻzda tutilgan yoshlarga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Angren garnizonidagi harbiy qismda 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan mahalliy yoshlar hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun zamonaviy oʻquv jihozlari bilan ta’minlangan oʻquv sinflari va harbiy qism sport zali foydalanishga topshirildi.

Mazkur sinflarda ingliz tili, matematika va fizika fanlari boʻyicha, shuningdek, yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida sportning milliy kurash turi boʻyicha yangi qurilgan sport zalda mutlaq bepul toʻgaraklar yoʻlga qoʻyildi.

Ayni vaqtda har bir fan uchun tajribali pedagoglar jalb etilib, oʻquvchi yoshlarga zamonaviy oʻquv qoʻllanmalardan foydalangan holda darslar boshlab yuborilgan. Xususan, dars jadvali boʻyicha haftaning 6 kunida tashkil etilgan toʻgaraklarda jami 80 dan ortiq oʻquvchi yoshlar qamrab olinmoqda.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati