Ixtisoslashtirilgan maktabda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

0
1061

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur singari jasur ajdodlarimizga munosib avlod qilib voyaga yetkazish maqsadida Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Qurolli Kuchlar akademiyasining 4-bosqich kursantlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Qurolli Kuchlarimizning bugungi salohiyati, harbiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, yurtimizdagi Oliy harbiy bilim yurtlari faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.  

Bundan tashqari, Chaqiqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinflarida “Jasorat darslari” o‘tkazilib, unda harbiy xizmatchilar va o‘quvchilarning ochiq muloqotlari tashkil etildi.  

Ayniqsa, harbiy orkestrning musiqiy chiqishlari, qurol-aslahalar namoyishi va faxriy qorovulning saf chiqishlari o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati