Harbiy institutda navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

0
433

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoyishiga binoan yurtimizda 1 dekabr kunidan boshlab 15 yanvar kuniga qadar Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 30 yiligiga bag‘ishlab “Vatanparvarlik oyligi”ga srat berildi. Bu davr ichida mamlakatimizdan faoliyat yuritayotgan turli soha vakillari, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, yoshlar va keksalar ishtirokida “Xalq va armi – bir tanu bir jon!” shiori ostida joylarda ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.

Ana shunday vatanparvarlik tadbirlaridan biri Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida Zangiota tumani xalq ta’limi, tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda kursantlar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik darslari, suhbatlar o‘tkazilib, ularga kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institutda faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqotlar laboratoriyalari, besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan “IT” klubda olib borilayotgan sohaviy loyihalar bilan tanishtirildi.

O‘tkazilgan tadbir yoshlarda harbiy kasbga va sohaga bo‘lgan jada katta havas va qiziqishlar, taassurotlar qoldirdi. Ular bugungi kunidan mamnun ekanligini va bu kunni hech qachon unutmasliklarini ta’kidlashdi.

Mayor Sherqo‘zi HAKIMOV