Jadidlar — millat fidoyilari

0
1597

Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi bilan hamkorlikda “Jadidlar – millat fidoyilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Hasanov, O‘zbekiston Xalq artisti, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, jadidlar harakati namoyondasi Abdulla Avloniyning evarasi Gavhar Zokirova, “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi bosh muharririning birinchi o‘rinbosari Humoyun Akbarovning mavzuga oid ma’ruzalari va xotiralari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Ayniqsa, tadbir davomida harbiy xizmatchilar bilan bo‘lib o‘tkan qizg‘in bahs-munozarali savol-javoblar ishtirokchilarga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida Jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyatini yorituvchi “Armon” hujjatli film namoyish etildi.

Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilar Jadidlar o‘gitidan, ular hayotida yuz bergan armonli, ammo sharafli kunlardan ibrat olib, Vatan va millat kelajagiga daxldorlik hissini oshirishiga xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti