Otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlashning samarasi ortib bormoqda

0
1900

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi o‘ta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ular qalbida milliy ruhni shakllantishning ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar berdi.

Belgilangan topshiriqqa muvofiq Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlarining 1-sektorlarida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tartibi ishchi guruhga aniq belgilab berildi. Xususan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar aniqlashtirib olindi. Jumladan, viloyat, shahar va tuman hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus shtablar tashkil etildi.

Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha  “mahallabay”, “ko‘chabay” va “xonadonbay” tizimi yo‘lga qo‘yilib, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish va o‘z vaqtida hal etish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shahar va tuman hokimlari boshchiligida 1-sektorga kiruvchi mahallalarda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar xatlovdan o‘tkazildi.  Xususan, “Og‘ir” toifaga kirgan, profilaktik hisobda turgan, tarbiyasi og‘ir hamda ijtimoiy-maishiy muammolari mavjud bo‘lgan yoshlarni aniqlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni ijobiy hal etish va yoshlarni fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida ular bilan bandligini ta’minlash, saxovat, huquqbuzarliklarni oldini olishga, shuningdek, harbiy-vatanparvarlikka qaratilgan tadbirlar, sport musobaqalari hamda ruhiy holatini mustahkamkalshni o‘z ichiga olgan psixologik treninglar o‘tkazib kelinmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati