“Siz hamisha eʼtibordasiz”

0
555

Mudofaa vazirligiga qarashli Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qism tashabbusi bilan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan hamkorlikdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Romitan tumanida joylashgan 26-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktab internatida “Siz hamisha eʼtibordasiz” mavzusida mehr-saxovat xayriya tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida imkoniyati cheklangan bolajonlarga bayram dasturxoni tortiq etilib, sovgʻalar topshirildi. Tashkilotchilarning qalb amri bilan yigʻilgan sovgʻa-salomlari koʻplab bolajonlarning cheksiz quvonchiga sabab boʻldi. Koʻngli oʻksik insonlarning bu eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan yuzidagi tabassumlarini koʻrib, mehr-oqibat har qanday moddiy boylikdan qimmatliroq ekanligi namoyon boʻldi. Tadbirga faxriy qorovul, harbiy orkestrlar jamoasi chiqishlari bilan birga harbiy xizmatchilar tomonidan vatanni madh etuvchi sheʼr va qoʻshiqlar ijro etilganligi bolajonlarga oʻzgacha zavq ulashdi.

Shu bilan birga, tadbir davomida “Yashil makon” dasturi boʻyicha maktab-internat hududiga turli xildagi mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.Bu kabi tadbirlar Toshkent viloyati Ohangaron tumanida ham “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik muqaddas burch” shiori ostida oʻtkazilib, bir guruh koʻngilli harbiy xizmatchilar “Muruvvat” internat uyi tarbiyalanuvchilarining holidan xabar olishdi.

Tadbir davomida nogironlik aravachalari, sogʻlomlashtiruvchi sport anjomlari, maishiy texnikalar, birlamchi oziq-ovqat va antiseptik dori vositalari berildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti