Zangiotada jiu-jitsu bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi

0
1219

Kuni kecha Mudofaa vazirligiga qarashli Zangiota tumanida joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan viloyat chempionati o‘tkazildi. Unda viloyatning sport klublari sportchilari hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari bellashdi.

Bugun dunyo bo‘yicha ommalashib borayotgan aralash jang sanatining asosi bo‘lgan jiu-jitsu yakkakurashlar ichida eng samaralisi, deb etirof etiladi. Mazkur yakkakurashning kelib chiqishi Yaponiyadan bo‘lsa-da, vaqt o‘tib Braziliyada rivojlandi. Jiu-jitsu jang san’ati texnikasi orqali hattoki, o‘zidan kuchli insonni mag‘lub etish mumkin.

Darhaqiqat, sog‘lom avlodning jismonan va ruhan kamolga yetishida jiu-jitsu sport turining alohida o‘rni bor. Zangiota garnizonida ushbu sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingani ham bejizga emas. Ayni paytda to‘garaklarda harbiy xizmatchilarning farzandlari chiniqmoqda. Bu esa bugungi kabi chempionatlarda o‘z natijasini bermoqda.

Qizg‘in va murosasiz kechgan baslar yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi va harbiy qism qo‘mondonligining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar depoartamenti