Olis hudud yoshlariga harbiy ta’lim muassasalari targ‘ib etildi

0
2021

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi tomonidan Samarqand viloyati Urgut tumanining chegara oldi hududlarida joylashgan umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar uchun “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Men ham kelajakda harbiy bo‘laman” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarga Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, o‘qishga qabul qilishda harbiy-professional yo‘nalishlar, test sinovlari tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan,  suhbatlar davomida kursantlar uchun bepul yotoqxona, 3 mahal bepul issiq ovqat, belgilangan norma boʻyicha yozgi va qishki harbiy libos va pul taʼminoti bilan taʼminlanishi hamda shahar transportida bepul harakatlanish, teatr, muzey va boshqa joylarga bepul ekskursiya qilish imkoniyati borligi, oʻqish davomida ularga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi kabi barchaga birdek qiziq bo‘lgan axborotlar yetkazildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati