Ko‘kpatoslik yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi

0
985

Xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash, olis hududlardagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi o‘rtasida milliy armiyamiz nufuzini yanada oshirish borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyati Uchquduq shahar Ko‘kpatos ovulida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Uchquduq shahrida joylashgan harbiy qism targ‘ibot guruhi, harbiy prokuratura, IIV Qorovul qo‘shinlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ishtork etdi.

Ko‘kpatos ovulida joylashgan 13-sonli umumta’lim maktabi hududida tashkil etilgan festivalda o‘quvchilar va mahalliy yoshlar uchun harbiy xizmatchilar tomonidan turli ko‘rgazmali chiqishlar va konsert dasturlari namoyish etildi. Ayniqsa, jangovar qurol-aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

 Bu kabi tadbirlar respublikamizning olis hududlarida yuqori saviyada davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti