Yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

0
1046

Harbiy xizmatchilar tomonidan G`allaorol tumanidagi “Doʻstlik” hamda “Xonimqoʻrgʻon” MFYda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchi yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Unda tuman hokimligi vakillari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, faxriylar va jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi. Uchrashuvdan soʻng, yoshlar oʻrtasida sportning tosh koʻtarish, arqon tortish, hamda armrestling kabi turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.