Harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1990

Mudofaa vazirlligi harbiy xizmatchilari yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida kamol topishlarida o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Buni ertamiz egalarining harbiy qismlarga tashrifi misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Kuni kecha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi hamda Andijon garnizonidagi harbiy qism bilan hamkorlikda “Men shu yurt farzandiman” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad — oʻquvchi yoshlarni harbiy xizmatga xurmat tuygʻularini shakllantirish, milliy armiyamizdan faxrlanish, gʻururlanish xissini orttirish, yurt uchun fidoyi boʻlish bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va taʼsirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borishdan iborat.

Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari hamda davra suhbatlari oʻtkazildi, shuningdek, mehmonlar qurol-aslaha, harbiy texnikalar koʻrgazmasi, harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir yakunida Andijon garnizoni harbiy orkestr va faxriy qorovul vzvodi jamoalarini chiqishlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati