Yoshlarning shijoatini oshirishga qaratilgan uchrashuv

0
1008

Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining shahar va tumanlarida 1-sektorlar hududidagi o‘ziga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlikka undash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish maqsadida manzilli yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Ushbu yo‘l xaritasiga muvofiq Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligining navbatdagi uchrashuvi Qiziltepa tumanidagi “Toshrabod qo‘rg‘oni” hududidagi yoshlar bilan o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlarga milliy armiyamiz kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida aytilib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganildi.

Uchrashuvdan so‘ng, “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirilib, harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlari, faxriy qorovulning ko’rgazmali saf chiqishlari hamda qo’l jangi sahnasini namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati