Olis hududlarda ham yoshlar ishtirokida harbiy-vatanparvarlik festivallari oʻtkazilmoqda

0
915

Navoiy viloyatining eng olis hududi hisoblanagan “Qulquduq” ovulida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Uchquduq shahridagi harbiy qism targʻibot guruhi, harbiy prokuratura hamda hududdagi kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda “Yoshlar — miliiy armiyamiz nigohida!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Ovulda joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi yoshlari, mahalla aholisi va bir guruh yoshlar ishtirok etgan tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniytlar hamda oliy harbiy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan koʻrgazmali qoʻl jangi chiqishlari namoyish etilib, harbiy orkestr jamoasi o‘zining kuy-qoʻshiqlari bilan yig‘ilganlarga a’lo kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzi targʻib qilish maqsadida sportning arqon tortish, tosh koʻtarish, shaxmat va shashka, kamondan otish turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Tadbir yakunida esa jangovar qurol-aslaha va harbiy texnikalar koʻrgazmasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.