Ilmiy-uslubiy konferensiya oʻtkazildi

0
1618

Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti tomonidan murakkab jangovar vaziyatlarda harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatlarini barqarorlashtirish, salbiy axborot taʼsirlariga va yot gʻoyalarga qarshi immunitet hosil qilish, qoʻyilgan har qanday vazifalarni soʻzsiz bajarish, ular oʻrtasidagi birodarlik tuygʻularini oʻrganish maqsadida “Lokal urushlarda shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy holatlarini stabillashtirish muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, barcha Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining oliy xarbiy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, Qurolli Kuchlar Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar instituti ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.

Ilmiy-uslubiy konferensiya davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan “Lokal mojarolarga axborot-psixologik taʼsirning xususiyatlari”, “Axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirishning oʻziga xos xususiyatlari”, “Zamonavi qurolli mojarolarda ahloqiy-ruhiy taʼminot”, “Axloqiy-ruhiy taʼminot yoʻnalishida Mudofaa vazirligida amalga oshirilayotgan ishlar” kabi maʼruzalar tinglandi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va oʻmmaviy kommunikatsiyalar departamenti