Harbiy pedagog faoliyatini rivojlantirishga bagʻishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

0
2219

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida “Ofitser pedagogning kasbiy madaniyati va mahoratini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. “Harbiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan oʻtkazilgan ushbu davra suhbatida professor-oʻqituvchilari, magistiratura tinglovchilari, psixologik markaz tinlovchilari va boshqa oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ushbu davra suhbatidan koʻzlangan asosiy maqsad zamonaviy ofitser pedagogning kasbiy madaniyati va mahoratini rivojlantirishning pedagogik-psixologik talablari tahlili boʻyicha bilimlarni takomillashtirish, qolaversa, harbiy ilm-fanning rivojlanish tendensiyasi, harbiy bilimlarni qoʻllashdagi tajribalarni oʻrganish hamda mavjud muammolarni tahlili boʻyicha fikr almashishdan iborat boʻldi.

Soʻzga chiqqanlar “Harbiy pedagog faoliyatini takomillashtirishning baʼzi masalalari”, “Oʻqituvchilar kasbiy madaniyatini oshirishning psixologik asoslari”, “Harbiy pedagogga qoʻyiladigan zamonaviy talablar”, “Pedagogning nutq texnikasi va notiqlik madaniyati” kabi mavzularda maʼruzalari tinglandi. Maʼruzalar yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Roʻziqul OCHILOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti