Samarqandda “Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
1302

Samarqandda 100 nafar yoshlar ishtirokida o’tkazilayotgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini davomida ishtirokchilarining olgan taassurotlarini tinglash, ularga yangi imkoniyatlar yaratish va ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda okrug qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Temurbek Poyonov, viloyatdagi davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda yig‘in ishtirokchilari qatnashdi.

Uchrashuvda har bir rahbar o‘z xizmat faoliyati, hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib o‘tdi, kelajakda yig‘in ishtirokchilari orasidan ham yurtimizni dunyoga tanitadigan yoshlar chiqishlarini tiladilar.

Uchrashuvdan so‘ng, mehmonlar harbiy okrug boshqaruv apparati va Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati