Nukus shahrida sogʻlom turmush tarzi targʻib etildi

0
888

Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” sogʻlomlashtirish aksiyasi tashkil etildi.

Nukus shahridagi 55 metr balandlikda Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat bayroqlari oʻrnatilgan maydonda davlat va jamoat tashkilotlari, kuch tuzilmalari vakillari, aholi va harbiy xizmatchilar jam boʻlib, sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qilayotgan aksiyada ishtirok etdi.

Ertalabki badantarbiya mashgʻulotlaridan boshlangan sogʻlomlashtirish tadbiri barcha uchun foydali boʻlgani bilan ahamiyatli boʻldi. Ishtirokchilar Nukus garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan sadolar ostida 5000 qadam piyoda yurib, birdamlikda, yuqori kayfiyatda sogʻlom turmush tarzini tanlaganini namoyish qildi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati