Navoiyda talaba yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi oʻtkazildi

0
1404

Navoiy garnizonidagi harbiy qsimda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari aʼzolari ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi oʻtkazildi.

Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universtitetining talabalari iborat mehmonlar dastlab, harbiy orkestr sadolari ostida tanatanali kutib olinib, ularga harbiy qismda yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda harbiy xizmatchilarning kundalik mashgʻulotlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shundan soʻng, ikki oliy taʼlim muassasasining talabalari oʻrtasida o‘qotar qurolni toʻliq va notoʻliq qismlarga ajratish, pnevmatik quroldan nishonlarga qarata oʻq otish boʻyicha musobaqalar hamda “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Mas’ullar ishtirokida oʻtgan ochiq muloqotda yoshlar harbiy qismda olgan taassurotlari haqida soʻzlab, tengdoshlarini ham bunday loyihalarga jalb etishlari, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish oliy neʼmat ekanligini chuqur anglashiga koʻmaklashishlarini bildirib o‘tdilar.

Yakunda mehmonlar uchun harbiy orkestr jamolari ishtirokida tashkil etilgan konsert dasturlari ularga bir olam quvonch ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati