Aholi salomatligini ta’minlash yo‘lida

0
1413

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida Markaziy harbiy klinik gospitali, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy markazi mutaxassislari bilan doimiy ravishda sayyor tibbiy koʻriklar oʻtkazilib kelinmoqda.

Shu kabi ko‘riklar doirasida harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va harbiy qismlarga biriktirilgan mahallalarning “temir daftar” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi qatlami salomatligi nazoratdan o‘tkazilyapti. 

Oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar davomida yoshlarni Respublika tibbiyot markazlarida davolanishlari uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan imtiyozli yoʻllanmalar (order) taqdim etilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida istiqomat qiluvchi 17 yoshli Diana Abatova besh yildan buyon 1-tur qandli diabet kasalligi bilan kurashib kelmoqda. Uning ham murojaatlari ijobiy hal qilinib, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 10 kunlik tekin davolanish uchun order taqdim qilindi.