Samarqandlik yoshlar uchun “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini boshlandi

0
1521

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash markazida “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumida ishtirok etuvchi yoshlar harbiy orkestr sadolari ostida tantanali ravishda kutib oldi.

Tibbiy koʻrikdan soʻng, ularga harbiy liboslar tarqatilib, oʻzining qiziqishiga qarab kasb-hunar boʻyicha guruhlarga ajratildi va yotoqxonalarga joylashtirildi.

Yigʻinning tantanali ochilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etib, yoshlarni tarbiyalashdagi ushbu yigʻining mazmun-mohiyati haqida soʻzlab, u yig‘in ishtirokchilari uchun kutilmagan koʻp imkoniyatlar eshigini ochishini va sharoitlar yaratib berishi taʼkidladi.

Tadbirda yoshlar qalbida milliy ruh, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish maqsadida namoyish etilgani konsert dasturlari esa yoshlarga chin maʼnoda xushkayfiyat ulashdi.

Endilikda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga oʻqitish hamda malakali kadrlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan yigʻin doirasida ishtirokchilarga motivatsion treninglar, kasb-hunar sirlari, biznes saboqlari va tadbirkorlik koʻnikmalari malakali mutaxassislar tomonidan oʻrgatiladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati