Psixologik ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda

0
1981

Joriy yilning 12-feval kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorda belgilangan talablar ijrosini ta’minlash yo‘lida mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlarida tashkiliy ishlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda armiya saflarida harbiy xizmatga borishni oʻziga burch va sharaf deb bilgan oʻgʻlonlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bunda, albatta, mudofaa ishlari boʻlimlari hamda butlash komissiyalarining targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun, 19-fevral kuni Toshkent shahar mudofaa ishlar boshqarmasida o‘tkazilgan o‘quv-uslubiy yig‘in ham muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun saralab olingan nomzodlar bilan psixologik ishlarni tashkil etishga bag‘ishlandi. Yig‘in doirasida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan nomzodlar bilan ishlash uchun masʼul mobil psixologik guruh tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Bu kabi tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, 2020-yildan boshlab yurtimizda chaqiriluvchilarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish mas’uliyati harbiy gospitallarning harbiy shifokorlari zimmasiga yuklatildi. Bundan tashqari, bir-birini takrorlovchi tibbiy komissiyalar, yaʼni muqobil hamda harbiy qismlarda oʻtkaziladigan takroriy tibbiy komissiyalardan voz kechilgan. Shuningdek,mazkur qaror bilan viloyatlar kesimida Rahbariyat kengashi, Harbiy-tibbiy komissiyalar, tumanlarda esa Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.