Jizzax va Navoiy garnizonlarida jadidchilik harakati haqida maʼruzalar tinglandi

0
1326

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Jadidchilik nomoyandalarini ulugʻlaymiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tarixchi pedogoglar tomonidan jadidchilik harakati namoyandalarining maqsadlari, olib borgan faoliyati borasida maʼruzalar qilindi. Munavvar qori Abdurashidxonov, Choʻlpon, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat hamda Abdulla Avloniy kabi bilim mashʼalini baland tutgan insonlar borasida qilingan suhbat jarayonlarida yurt himoyachilari ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.

Shuningdek, millatparvar ajdodlarimizning mashaqqatli mehnati hamda achchiq qismati aks etgan hujjatli film, harbiy xizmatchilar va talabalar ijrosida namoyish etilgan sahna koʻrinishlari tadbir ishtirokchilari qalbida jadidchilik harakati aʼzolariga nisbatan gʻurur va faxr kabi tushunchalar uygʻotdi.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy garnizonidagi harbiy qismda ham oʻtkazilib, unda Navoiy konchilik va texnologiyalar universitetining tarix fani oʻqituvchilari tomonidan buyuk ma’rifatparvar, shoir va olim, nosir va dramaturg Abdurauf Fitratning avlodlarga qoldirgan boy maʼnaviy merosi haqida soʻzlab berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati