Yoshlarga oliy harbiy bilim yurtlari to‘g‘risida ma’lumot berildi

0
2201

Termiz, Kakaydi va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari, uyushmagan yoshlar orasidan oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish ishtiyoqi boʻlgan yoshlar uchun bepul tayyorlov kurslari yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tayyorlov kurslariga hududlardagi malakali oʻqituvchi va harbiy psixologlar jalb etilgan holda, yoshlarga ingiliz tili, matematka, fizika, ona-tili va adabiyot, tarix va psixologiya fanlaridan darslar berib kelinmoqda.

Yoshlar orasida harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda o‘quvchi yoshlar uchun Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlariga va Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga oʻqishga kirish tartibi bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan tushunchalar berishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Harbiy qism madaniyat markazi binosida tashkil etilgan uchrashuvda Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug mas’ul ofiserlari, Termiz harbiy prokurori va oliy harbiy bilim yurtlaridan kelgan mutaxassislar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.

Shu kuni Termiz harbiy prokuraturasi hamda Termiz shahar kasb-hunar maktabi oʻrtasida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularnihg huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.