Urgutlik yoshlarni vatanparvarlikka undagan festival

0
1410

Urgut tumanining “Gulobod” va “Sanchiqul” MFYlarida joylashgan umumtaʼlim maktablarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi va Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida vatanparvarlik festivallari oʻtkazildi.

Unda soʻz olganlar Yangi Oʻzbekistonning yangi armiyasini bugungi qiyofasi, unda xizmat qilishning oʻziga xosligi, harbiy xizmatchilarga belgilangan imtiyozlar hamda yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshilayotgan islohotlar va oliy harbiy taʼlim muassasalari toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Shundan soʻng, mahalladagi yoshlar orasida vatanparvarlikni keng targʻib etish va oʻzining erishayotgan yutuqlari bilan tengdoshlariga naʼmuna boʻlib kelayotgan bir guruh yoshlarga tashakkurnoma hamda badiiy adabiyotlar toʻplami sovgʻa qilindi.

Festival doirasida markaz kursantlari tomonidan koʻrgazmali qoʻl jangi chiqishlari, harbiy orkestrning kuy-qoʻshiqlarini ijro etilgani olis hudud yoshlarini vatanimiz tinchligi yoʻlida daxldorligini oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati