Senat raisi Sirdaryodagi harbiy qism faoliyati bilan tanishdi

0
2095

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturining “Oʻzbekiston — 2030 strategiyasi” boʻyicha qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Bu borada Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklangan ishlarning bajaralishini ko‘zdan kechirish maqsadida Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Sirdaryo viloyati Shirin shahrida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida senat raisi harbiy qism va harbiy qism hududidagi “Vatanparvar” mahallasi bilan tanishib, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolariga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yurtimizda aholi bandligini ta’minlash yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirga savollarga Senat raisidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, Tanzila Norboyeva uchrashuvda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari qoʻl mehnati bilan yaratilgan turli hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati