Olis hududlarda vatanparvarlik festivallari davom etmoqda

0
1290

Yoshlarni vatanparvarlikka undash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Samarqand viloyati Urgut tumanining chegara oldi hududlaridan birida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

Festival avvalida ishtirokchilar “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida harbiy orkestr sadolari jo‘rligida yurish marafonini oʻtkazdi. Festival doirasida mahallaning eng faol yoshlari erishayotgan yutuqlar eʼtirof etilib, ularga esdalik sovgʻalari tarqatildi.

Shu kabi festival Navoiy viloyatining Konimex hamda Navbahor tumanlarining olis hududlarida ham oʻtkazildi. Yoshlar oʻrtasida tashkil etilgan tosh koʻtarish, arqon tortish kabi musobaqalar hamda harbiy xizmatchilarning turli sahna koʻrinishlari festivalga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati