Olis hududlardagi yoshlarga quvonch ulashildi

0
1533

Termiz va Xayrobod garnizonlarida joylashgan harbiy qismlar, Termiz harbiy prokuraturasi, Muzrabod tumani hokimligi, Surxondaryo viloyatidagi boshqa kuch tuzilmalar bilan hamkorlikda viloyatning chegara oldi hududida harbiy-vatanparvarlik festivali boʻlib oʻtdi.

Festival doirasida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va 28-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy oldi.

Xizmat itlari, Faxriy qorovul shaxsiy tarkibining koʻrgazmali chiqishlar, qurol-aslaha va harbiy texnika koʻrgazmasi yoshlarda harbiylikka boʻlgan qiziqishini yanada orttirib, ularga unutilmas taassurotni taqdim etdi.