Urganchda vatanparvarlik festivali va sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi

0
537

Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 30 yillik bayramiga bag‘ishlab, Urganch garnizonidagi kuch tuzilmalari vakillari ishtirokida “Аvesto” majmuasida “Xalq va armiya – bir tanu, bir jon” shiori ostida “Sog‘lik uchun 5000 ming qadam” aksiyasi o‘tkazildi.
Аholini sportga, sog‘lom turmush tarziga targ‘ib etuvchi yurish marafoni yakunida majmuaning ochiq maydonidagi amfiteatrida yoshlar uchun vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Viloyat xonandalari tomonidan kuylangan kuy va qo‘shiqlar, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Xorazm viloyati shu tarzda vatanparvarlik oyligini boshlab, xalqimizning armiyamiz bilan yakdilligini namoyish etdi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati