“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yoshlar muammolari tizimli oʻrganilmoqda

0
1394

Joriy yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, masʼullarga bajarilishi lozim boʻlgan bir qator muhim topshiriqlar berilgandi.

Unga muvofiq, Markaziy harbiy okrugda ham otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tartibi aniq belgilab olinib, kelajak avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish asnosida huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish boʻyicha chora-tadbirlar muvofiqlashtirib olindi.

Belgilangan chora tadbirlarga ko‘ra, okrug qo‘shinlaridagi harbiy xizmatchilar tomonidan “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda yosh bo‘yicha otaliqqa olinganlarning umumiy ro‘yxati shakllantirilmoqda. Mazkur ro‘yxat asosida mahallalarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilyapti.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati