Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishga qaratilgan tadbir

0
1248

Angren garnizonidagi harbiy qismlarning birida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyat kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash, ularning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi oʻtkazildi.

Loyiha doirasida bir guruh yoshlar harbiy qismga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mazkur lohiya davomida harbiy xizmatchilar tomonidan ishtirokchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Harbiy qism kun tartibiga rioya qilgan holda ular saf tayyorgarligi, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bilim va ko‘nikmalarni oshirdilar.

Harbiy qismdagi zamonaviy sharoit bilan tanishgan yoshlarga qurol-aslaha va texnikalar ham namoyish etilgani ularning qalbida Vatanni himoya qilishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib, o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, hur va ozod yashashning qadrini chuqur anglashga undagan bo‘lsa ajab emas.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati