Samarqandlik yoshlar buyuk ajdodlar merosi bilan tanishmoqda

0
1149

Markaziy harbiy okrugning barcha garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarida o‘tkazilayotgan “Ochiq eshiklar kuni”, “Komandir va yoshlar uchrashuvi”, “Men ham Vatan himoyachisi bo‘laman”, va “Mard askar yoshlarga na’muna” shiorlari ostidagi tadbirlar doirasida o‘quvchi yoshlarga harbiy qismlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan birga, sharafli va mashaqqatli kasb egalarining kundalik hayoti va tajribalari haqida ma’lumotlar berib kelinmoqda.

Xususan, Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar samarqandlik yoshlarning buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo‘lishlari va ularga nisbatan hurmat ruhida qarashi uchun buyuk sarkardalarimiz, ya’ni Sohibqiron Amir Temur va sulton Jaloliddin Manguberdilarning hayoti va ularning jang san’ati to‘g‘risida hamda millatparvar jadidlarimizning hurlik uchun olib borgan kurashlari haqida o‘quv darslarini o‘tishmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan mustaqilligimiz uchun kurashgan, millatimiz qahramoni jadidlar haqida ma’lumotlarni berishdi.

Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar va teatr ijodkorlar bilan hamkorlikda buyuk ajdodlarimizning qiyofasi gavdalantirilib, namoyish etilayotgan sahna ko‘rinishlar yoshlarning ma’naviy dunyo qarashini boyitishga va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish kabi hislarini uyg‘otmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati