Farg‘onada bir guruh yoshlar dala o‘quv maydoniga tashrif buyurdi

0
845

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat Kengashi bilan hamkorlikda yoshlar uchun “Dala o‘quv maydonida bir kunim” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

“Farg‘ona” dala o‘quv maydonida o‘tkazilgan mazkur tadbirda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foyldalanish, ona Vatanga mehr va sadoqat, adolat tuygʻusini har tomonlama kuchaytirish asosiy maqsad etib belgilangan.

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, faxriylar, san’atkorlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbir davomida uch avlod vakillar o‘rtasida muloqotlar tashkil etildi, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda faxriy qorovul chiqishlari esa mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Yoshlar harbiy xizmatchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan yuzlanib, batafsil javoblar oldi hamda kelajakda harbiy bo‘lish uchun talab etiladigan barcha talablar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati