Yoshlar muammolarini oʻrganish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

0
1813

“Kelajakni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” — ushbu shior bugungi kunda barcha davlat tashkilotlarining ustuvor shiorlaridan biriga aylandi desak hech mubolagʻa boʻlmaydi. Mamlakatimizda barcha sohalar singari Mudofaa vazirligi tizimida ham yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, muammolarini oʻrganish va oʻz yechimini topish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan harbiy qismga hududda joylashgan 12 ta mahalla fuqarolar yigʻini biriktirilgan boʻlib, mahalladagi yettilik bilan hamkorlikda “Temir daftarga” kiritilgan yoshlar muammolari manzilli oʻrganilyapti.

Oʻrganish natijalariga koʻra, yoshlarda kompyuter savodxonligi, IT mutaxassislik, kitobxonlik va sportga qiziqishi yuqori, ammo ushbu yoʻnalishda shugʻullanishlari uchun imkoni boʻlmagan yoshlar aniqlani,b ularga amaliy koʻmak berib kelinmoqda.

Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi 14 yoshli Asadbek Nasriddinov ham sportning boks turiga qiziqishi yuqori ekanligi ishchi guruh tomonidan aniqlangan edi. Uning xohish va istaklaridan kelib chiqib, yigit harbiy qismda tashkil etilgan boks toʻgaragiga jalb qilindi.

Shuningdek, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh ham yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda bandligini taʼminlash borasida manzilli ishlarni amalga oshirmoqda.