Samarqandning chegara oldi hududlarida vatanparvarlilk navolari yangradi

0
1369

Markaziy harbiy okrug qomondonligi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida joylarda taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, sportchilar, harbiy xizmatchilar va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda yoshlarning keng qatlamlari orasida madaniy-maʼrifiy, harbiy vatanparvarlik va sport tadbirlari oʻtkazilishi belgilandi.

Kuni kecha, Urgut tumanining olis hududi hisoblanmish “To’rtko’l” MFYda aholi va yoshlar ishtirokida vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Unda tuman hokimligi, Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatchilar, Samarqand harbiy prokuraturasi, keng jamoatchilik vakillari hamda aholi va yoshlar ishtirok etishdi.

Festivallar doirasida o’tkazilgan harbiy paradlar, harbiy xizmatchilarining qo’l jangi, faxriy qorovul, DXX Xhegara qo’shinlarining xizmat itlari ishtirokidagi chiqishlari hamda harbiy orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlarga o‘zgacha ko‘tarinki ruh, bayramona kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati