Zaynab Daybekova Jahon kubogi sovrindorlari qatorida

0
1044

10-fevral kuni Peruda qilichbozlikning sablya yo’nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon kubogi bo’lib o‘tdi.  Aytish joizki, musobaqada 20 dan ortiq davlatlardan kuchli sportchilar ishtirok etdi.

Ular orasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug sportchilar vzvodi sportchisi kichik serjant Zaynab Dayibekova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Top-16’lik guruhga kirish uchun kechgan janglarda Zaynab hindistonlik raqibi Chadalavada Anandha Sundxararaman Bxavani Devini 15-10, chorak finalda esa yaponiyalik raqibi Emura Misakini 15-08 hisobida mag‘lub etdi.

Ammo, yarim finalda Zaynab vengriyalik raqibi Battai Sugar Katinkaga imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa sportchimiz bronza medali bilan taqdirlanib, shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Qilichbozlarimiz va murabbiylarimizni erishgan sport yutuqlari bilan tabriklaymiz!