Boburning hayoti va harbiy sanʼatiga bag‘ishlangan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

0
609

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Turizmni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavalludiga bagʻishlab “Alisher Navoiy ijodi hamda Boburning hayoti va harbiy sanʼati” mavzusidagi seminar mashgʻuloti oʻtkazildi.

Unda muzey rahbariyati, Turizm qoʻmitasi huzuridagi turizmni rivojlantirish instituti bosh metodisti Dilbar Abdunabiyeva, Qurolli Kuchlar akademiyasi oʻqituvchisi Olim Yoʻldoshev, tarix fanlari nomzodi, dotsent Azada Rahmatullayeva, Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi oʻqituvchisi Shoxsanam Doniyorovalar va talabalar ishtirok etdi.

Seminar mashgʻulotida soʻz olganlar “O‘zbek xalqining ikki qalbi”, “Zahiriddin Muhammad Boburning taktik jang usullari” singari mavzularida maʼruzalar oʻqib, Navoiy ijodi hamda Boburmirzo haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

Seminar mashgʻulotda faol ishtirok etgan ishtirokchilariga Mudofaa vazirligi maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbariyati tomonidan diplom va tashakkurnomalar topshirildi. Seminar soʻnggida muzey boʻylab qiziqarli eskursiya tashkil etilib, muzey ekspozitsiyasidan joy olgan Zahiriddin Muhammad Bobur burchagida ustoz-mehmonlar tomonidan master-klass ham oʻtkazildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti