Navoiy va Kattaqoʻrgʻonning faol yoshlari harbiy qismlar mehmoni boʻldi

0
2174

Navoiy hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonlaridagi harbiy qismlarga harbiycha hayot bilan yaqindan tanishish hamda milliy armiyamizdagi oʻzgarishlardan boxabar boʻlishi uchun bir guruh yoshlar tashrif buyurdi.

Harbiy orkestrning tantanavor musiqalari ostida kutib olingani mehmonlar dastlab, Vatanimiz tinchligi yoʻlida jon fido etgan oʻgʻlonlar xotirasini yod etdilar. Harbiy qismlarda ularga ajratilgan burchaklarda qahramonlarimiz koʻrsatgan jasorati haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, harbiy qism muzeylari, oʻquv mashgʻulot xonalari, fitnes zallar boʻylab ekskursiya uyushtirilib, harbiy psixologlar tomonidan turli qiziqarli psixologik oʻyinlar tashkillashtirildi.

Harbiy saf maydonlarida oʻquvchi yoshlarga faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlarini namoyish etilib, ularga koʻtarinki kayfiyat bag‘ishlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati