Harbiy aviatsiya instituti o‘qishga taklif etadi

0
13454

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya institutda oʻquv jarayonini tashkil etish uchun 70 ta oʻquv sinfidan iborat zamonaviy 2 ta oʻquv bino, 4 ta oʻquv laboratoriya va 2 ta trenajyor majmualari barpo etilgan.

Kursantlar tarkibi uchun barcha maishiy sharoitlarga ega boʻlgan yotoqxona va oshxona foydalanishga topshirilgan.Institutda zamonaviy talablarga javob beradigan madaniyat markazi, kutubxonalardan iborat bulgan axborot-resurs markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Harbiy xizmatchilar uchun barcha qulayliklarga ega zamonaviy sport shaharcha va majmua barpo etilgan.

Institut Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar uchun yuqori malakali aviatsiya mutaxassislarini tayyorlash vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

Taʼlim tizimi, toʻrt yillik bakalavr va 2 yillik magistratura hamda 1 yillik doktorantura boʻlib, quyidagi mutaxassislar tayyorlanadi:

4 yillik bakalavr:

  • samolyot aviatsiyasi taktik qoʻmondon-uchuvchiligi (samolyot uchuvchisi);
  • vertolyot aviatsiyasi taktik qoʻmondon-uchuvchiligi (vertolyot uchuvchisi);
  • havodagi harakatlarni boshqarish mutaxassisligi;
  • uchish apparatlari va dvigatellariga xizmat koʻrsatish boʻyicha aviatsiya muhandisligi;
  • uchish apparatlarining aviatsiya qurollariga xizmat koʻrsatish boʻyicha aviatsiya muhandisligi;
  • uchish apparatlarining aviatsiya jihozlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha aviatsiya muhandisligi;
  • uchish apparatlarining radioyelektron jihozlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha aviatsiya muhandisligi.

uchuvchisiz uchish apparatlari operatori-uchuvchi (taktik qoʻmondon-uchuvchiligi).

2 yillik magistratura:

  • havodagi harakatni boshqarish operativ-taktik shtab qoʻmondonligi (muhandis-dispetcher);
  • uchish apparatlari ekpluatatsiyasi operativ-taktik shtab qoʻmondonligi (uchish apparatlari va dvigatellariga xizmat koʻrsatish);
  • uchish apparatlari ekpluatatsiyasi operativ-taktik shtab qoʻmondonligi (uchish apparatlarining aviatsiya qurollariga xizmat koʻrsatish);
  • uchish apparatlari ekpluatatsiyasi operativ-taktik shtab qoʻmondonligi (uchish apparatlarining aviatsiya jihozlariga xizmat koʻrsatish);
  • uchish apparatlari ekpluatatsiyasi operativ-taktik shtab qoʻmondonligi (uchish apparatlarining radioelektron jihozlariga xizmat koʻrsatish).

Muhandislik yoʻnalishlari uchun 1 yillik doktorantura.

HUJJATLAR TAYYORLASH VA QABUL QILISH TARTIBI:

  • ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlmagan, 25 yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar;
  • 17 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan, qabul yili 17 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Bilim yurtiga oʻqishga kirmoqchi boʻlganlarga 1-aprelga qadar yashash joyidagi tuman yoki shahar mudofaa ishlari boʻlimiga ariza beradilar.

TEST SINOVLARINI TAYYORLASH VA OʻTKAZISH

Test sinovlari B va MBA (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan oʻtkaziladi. Test sinovlari oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.

Test savollari toʻplami quyidagi fanlar boʻyicha tuziladi:

  • Matematika, Fizika, Rus tili, Ingliz tili (mutaxassislik fanlari);
  • Matematika, Ona tili (rus tili) va Oʻzbekiston tarixi (majburiy fanlar);
  • Uchuvchilar tibbiy komissiyasi (chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik) dan oʻtiladi.

INSTITUTGA KIRISH UCHUN BERILADIGAN IMTIYOZLAR

Muddatli harbiy xizmatni tamomlab, tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolarga test sinovlarida oʻzi toʻplagan ballning 50% miqdorida qoʻshimcha imtiyoz beriladi.

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga test sinovlarida toʻplanishi mumkin boʻlgan eng koʻp ballning 30% miqdorida qoʻshimcha imtiyoz beriladi.

“Ilgʻor serjant” nominatsiyasida gʻoliblari test sinovlarisiz qabul qilinadilar.

Serjantlar tarkibida 5 yil benuqson xizmat qilganlarga toʻplanishi mumkin boʻlgan eng koʻp ballning 20% miqdorida ball beriladi.

INSTITUTDA KURSANTLARGA YARATILGAN SHAROITLAR:

Oʻqish davomida kursantlar bepul yotoqxona, 3 mahal bepul issiq ovqat, belgilangan norma boʻyicha yozgi va qishki harbiy libos va pul taʼminoti bilan taʼminlanadi.

Bundan tashqari, shahar transportida (avtobus, metro poyezd uchun) bepul harakatlanish, teatr, muzey va boshqa joylarga bepul ekskursiya qilish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, oʻqish davomida 2-kursdan boshlab qoʻshinlarda amaliyot va amaliy parvozlar amalga oshiriladi.

Instituti manzili: Qarshi shahri Jayhun koʻchasi

Tel: +99875-221-20-12