Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari (harbiy bо‘lmagan) lavozimlariga fuqarolarni ISHGA QABUL QILISH TARTIBI

0
1419

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari (harbiy bо‘lmagan) lavozimlariga fuqarolarni ISHGA QABUL QILISH TARTIBI

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari lavozimlariga О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga qabul qilinadi.

Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalarda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori
(XALIKK-2020) talablaridan kelib chiqib, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari bо‘yicha quyidagi atamalar va ta’riflar qо‘llaniladi:

xizmatchi lavozimi – xodimning funksional vazifalari, lavozim huquqlari va javobgarlik xususiyati bilan belgilanadigan uning xizmat mavqei;

ishchi kasbi – kasbga о‘qish yoki amaliyot natijasida egallagan jami bilim va kо‘nikmalar bilan belgilanadigan ishchining mehnat faoliyat turi;

xizmatchilar – harbiy qism va muassasalarda hujjatlarni tayyorlash
va rasmiylashtirish, hisob va nazorat, boshqaruv funksiyalari, shuningdek, xо‘jalik xizmatini amalga oshiradigan lavozimni egallagan mutaxassislar;

mutaxassislar – ishlab chiqarish va ma’muriy jarayonlarni rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi va nazorat qiluvchi, murakkab texnikaga xizmat kо‘rsatuvchi, hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonlarini, shu jumladan, ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, ta’lim beruvchi va sog‘lomlashtiruvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, boshqa о‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar.

Mutaxassislar  boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli bо‘lishi, farmoyish berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari mumkin;

ishchilar – mehnat quroli yordamida mehnat jarayonida ishlov berilishi kerak bо‘lgan materiallarga (mehnat predmetiga) ta’sir kо‘rsatadigan, asosan jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni kuzatadigan, sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini о‘zgartiradigan, mehnatning normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan xodimlar.

Xodimlar toifasi – xizmatchining mehnati mazmunining tavsiflari
va kо‘rsatkichlari tizimi:

boshqaruv xodimlari – boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar.

Boshqaruv xodimlari tashkilotning о‘z oldiga qо‘ygan maqsad
va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydi. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bо‘linadi;

ishlab chiqarish xodimlari – tashkilotning asosiy mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish, shuningdek, ishlab chiqarish dasturida belgilangan qо‘shimcha mahsulotlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan xodimlardir. Ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan mutaxassis va ishchilar kiradi;

texnik xodimlar funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat kо‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajarish (nashr etish, kо‘paytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni еtkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat kо‘rsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar;

xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar funksiyasiga binolar va hududlarga texnik va xо‘jalik xizmati kо‘rsatish, ularni qо‘riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati kо‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat kо‘rsatish kiradigan xodimlar kiradi. Xizmat kо‘rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bо‘lmagan aholiga maishiy xizmat kо‘rsatish xodimlari ham kiradi;

ishchilarning malakaviy razryadlari diapazoni – ishchi tomonidan bajariladigan faoliyatning aniq turiga xos bо‘lgan ishlarning eng past razryadidan eng yuqori razryadigacha bо‘lgan oraliq. Tarif razryadlarining diapazonida belgilangan aniq tarif razryadlari ishning murakkabligini va uning uchun talab etiladigan ish faoliyatining malakasini belgilaydi;

milliy malaka ramkasi bо‘yicha malaka darajasi – xodim tomonidan mehnat vazifalari, majburiyatlarini muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan bilim, malaka, kasbiy mahorat, ma’lumot va egallangan kо‘nikmalar majmuasi;

ta’lim darajasi – ta’lim muassasasida bitiruvchi tomonidan tegishli darajadagi ta’lim dasturi bо‘yicha egallangan va ular tomonidan kasbiy yoki lavozim faoliyatining muayyan ish turi bajarilishini ta’minlaydigan bazaviy va fundamental bilimlar, о‘quv va kо‘nikmalar yig‘indisi.

О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga (bundan buyon matnda Mehnat kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Mudofaa vazirligida quyidagilar “Ish beruvchi” hisoblanadi:

Mudofaa vazirligi markazga bо‘ysunuvchi muassasa va tashkilotlarning harbiy xizmatchi bо‘lmagan rahbarlari (boshliqlari), Mudofaa sanoati agentligi direktori о‘rinbosarlari uchun – mudofaa vaziri;

Mudofaa vazirligi markaziy apparati tarkibiy bо‘linmalari, shuningdek, Mudofaa vazirligi Ta’minot departamenti, Kanselyariyasi, Axborotlashtirish bosh markazi va 93461 harbiy qism Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari uchun – Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i;

harbiy okrug (birlashma)lar tashkilot va muassasalarining harbiy xizmatchi bо‘lmagan rahbarlari (boshliqlari) uchun – harbiy okrug (birlashma) qо‘shinlari qо‘mondonlari;

harbiy okrug (birlashma)lar boshqaruv apparati xodimlari uchun – harbiy okrug (birlashma) qо‘shinlari qо‘mondonlarining birinchi о‘rinbosari – shtab boshliqlari;

harbiy qism va muassasalari xodimlari uchun – tegishli harbiy qism komandirlari, muassasa boshliqlari;

Mudofaa sanoati agentligi boshqaruv apparatining barcha xodimlari (agentlik direktorining о‘rinbosarlari bundan mustasno) hamda bо‘ysunuvchi tashkilot rahbarlari uchun – Mudofaa sanoati agentligi direktori;

Mudofaa sanoati agentligiga bо‘ysunuvchi tashkilot xodimlari uchun – tegishli tashkilot rahbarlari (agar agentlik hamda tashkilot nizomida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bо‘lsa).

Harbiy qismlar Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari (bundan buyon matnda ishchi va xizmatchilar deb yuritiladi) lavozimlariga xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) talablaridan kelib chiqib, harbiy qism shtatida ushbu lavozimlar uchun nazarda tutilgan ma’lumotning eng past darajasiga yoki yо‘nalishiga ega bо‘lgan va lavozimga mos ixtisoslikka ega bо‘lgan, intizomli, yuqori ishchanlik qobiliyatiga ega, shuningdek, lavozim majburiyatlarini tez fursatlarda о‘rganishga va ularni bajarishga qodir fuqarolar qabul qilinadi.

Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari va harbiy akademik litseylari pedagog xodimlari lavozimlariga fuqarolarni ishga qabul qilish, О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarini tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risida”gi nizomi, О‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov о‘tkazish tо‘g‘risida”gi namunaviy nizomi hamda boshqa taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar talablariga asosan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Harbiy ta’lim muassasalari shtatlaridagi ayrim toifadagi ofitser professor-о‘qituvchilar tarkibi uchun mо‘ljallangan bo‘sh lavozimlarga mudofaa vazirining qarori bilan tanlov asosida tegishli profili bо‘yicha ma’lumoti tо‘g‘ri keluvchi, malakali, shtab va komandirlik lavozimlarida harbiy xizmatni о‘tagan, undan tashqari pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan rezervdagi (iste’fodagi), zaxiradagi ofitserlar tayinlanishi mumkin.

Moliya, iqtisod, buxgalteriya xodimi lavozimlariga moliya va iqtisodiyot yо‘nalishlari (mutaxassisliklari) bо‘yicha oliy ma’lumotga ega fuqarolar qabul qilinadi. Istisno tarzida ushbu lavozimlarga boshqa yо‘nalishlar (mutaxassisliklar) bо‘yicha oliy ma’lumotga ega va uch yildan kam bо‘lmagan muddatda moliya organlarida moliya xodimi lavozimlarida ishlagan, birlamchi lavozimlarga esa moliya va iqtisodiyot bо‘yicha о‘rta maxsus ma’lumotga ega fuqarolar ishga qabul qilinadi.

Ishga qabul qilish tartibi

Ishchi va xizmatchilar lavozimlariga fuqarolarni ishga qabul qilish Mehnat kodeksi talablariga asosan har bir ishga kiruvchi nomzodga alohida yondashgan holda uning hujjatlarini о‘rganish va tanlov natijalariga kо‘ra amalga oshiriladi.

Fuqaro harbiy qism (muassasa)ga ishga qabul qilinishi uchun murojaat qilganida u bilan ishga qabul qilish bо‘yicha vakolatli shaxs, kadr organi, moliya xizmati va tegishli bо‘lim yoki xizmat mansabdor shaxslari bilan birgalikda suhbat о‘tkaziladi.

Suhbat davomida fuqaroning shaxsi, fuqaroligi, ma’lumoti, mutaxassisligi, mehnat staji (shu jumladan, harbiy qismlardagi), oilaviy ahvoli, sog‘lig‘i, yashash manzili va boshqa ma’lumotlari sinchiklab o‘rganiladi. Shu bilan bir qatorda fuqaroga uning mutaxassisligi yoki amaliy tajribasiga (mehnat stajiga asosan) mos keluvchi harbiy qismdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, lavozim majburiyatlari, harbiy qism ishchi va xizmatchilari uchun belgilangan kun tartibi, ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat haqi miqdori bo‘yicha ma’lumotlar beriladi va vazirlikning asosiy vazifalaridan kelib chiqib belgilangan ayrim cheklovlar borligi tushuntirib o‘tiladi.

O‘tkazilgan suhbat yoki tanlov natijalariga kо‘ra fuqaro bilan о‘zaro kelishuvga erishilgan taqdirda, 1-ilovada kо‘rsatilgan shakldagi ariza qabul qilinadi va fuqaro bо‘yicha 2-ilovada kо‘rsatilgan hujjatlar kadr organlari tomonidan yig‘iladi.

Hujjatlarni yig‘ish jarayonida idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olish mumkin bо‘lgan ma’lumotlarni, ya’ni, 3-ilovada kо‘rsatilgan hujjatlar fuqaroning о‘zidan talab qilish qat’iyan taqiqlanadi. Ushbu ma’lumotlarni harbiy qism kadr organi mustaqil ravishda, fuqaroning ishtirokisiz tegishli davlat organlaridan sо‘rovnoma orqali oladi (elektron ma’lumotlar bazasidan olish imkoni mavjud bо‘lmagan holatlar bundan mustasno).

Nomzod bо‘yicha yig‘ilgan hujjatlar tegishli kadr organi boshlig‘i (shtatda kadr organi bо‘lmagan harbiy qism (muassasa)da ushbu yо‘nalishga mas’ul bо‘lgan shaxs) tomonidan о‘rganib chiqiladi.

Nomzodni qabul qilinayotgan lavozim davlat sirlari bilan ishlash ruxsatnomasi talab etiladigan lavozimlar nomenklaturasiga kiritilgan bо‘lsa, kadr organi tomonidan belgilangan tartibda nomzodga maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash uchun tegishli shakldagi ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun hujjatlar tayyorlanadi va nazorat organlariga yuboriladi. Bunda nomzod bо‘yicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar ushbu lavozimga boshqa nomzod saralab olinmaydi.

Nomzodning ilgari ishlagan joyida davlat sirlari bilan ishlash uchun rasmiylashtirilgan ruxsatnomasi о‘z kuchini yо‘qotmagan bо‘lsa, unda nomzod tomonidan ilgari ishlagan joyidan ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi tо‘g‘risidagi tegishli shakldagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Nomzod ishga qabul qilingandan sо‘ng uning ruxsatnoma-kartochkasi tegishli kadr organi tomonidan oldingi ish joyidan sо‘rovnoma orqali olinadi. Ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi tо‘g‘risida tegishli shakldagi ma’lumotnoma xodim ishga olingandan sо‘ng, ushbu ma’lumotnomani yuborgan tashkilot yoki idoraga yuboriladi.

Nomzodni davlat va harbiy sirlari bilan ishlash bо‘yicha ruxsatnoma talab etilmaydigan lavozimga ishga qabul qilish masalasi belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar bilan yozma ravishda kelishilgandan sо‘ng amalga oshiriladi.

Fuqarolarni ishchi va xizmatchilar lavozimlariga ishga qabul qilishda 4-ilovaga muvofiq malaka talabalari belgilangan.

Shu bilan birga fuqarolarni ishga qabul qilishda:

– yashash joyi noma’lum bо‘lgan;

– ruhiy kasalliklarga, giyohvandlikka, toksikomaniyaga, alkogolizmga chalingan bemor sifatida dispanser hisobida turgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holati tо‘g‘risida tegishli tibbiy xulosa taqdim etmagan, agar nomzodga taklif etilayotgan lavozim uchun ushbu ma’lumotlar taqdim qilinishi shart bо‘lsa;

– sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki muomala layyoqati cheklangan deb topilgan;

– taklif etilayotgan lavozim malaka talablariga javob bermaydigan;

– tegishli vakolatli organi tomonidan ushbu nomzodni ishga joylashtirishda taqiqlovchi ma’lumotlar mavjud bо‘lgan;

– maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun tegishli ruxsatnomasi mavjud bо‘lmagan;

– ishga joylashish jarayonida tanishtirilgan mehnat shartlari, ichki tartib qoidalari hamda vazirlik vazifasidan kelib chiqib belgilangan cheklovlarga norozi bо‘lgan;

– О‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bо‘lmagan nomzodlarni ishga qabul qilinishiga yо‘l qо‘yilmaydi.

Ariza qabul qilinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan sо‘ng, nomzod bilan mehnat shartnomasi tuziladi. Mehnat kodeksi talablariga asosan fuqarolarni ishga qabul qilish “Ish beruvchi”ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnoma asos hisoblanadi.

Xodim о‘rindoshlik asosida ishlash tо‘g‘risida murojaat qilganda, agarda bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bо‘lsa, mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

О‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi “О‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
297-son qarori talablariga asosan amalga oshiriladi.

Muayyan harbiy qismlardan mehnat intizomini buzganligi, nojо‘ya xatti-harakatlari, sodir etgan huquqbuzarliklari yoki jinoyatlari uchun ishdan bо‘shatilgan fuqarolarni, shuningdek, harbiy xizmatdan Mudofaa vazirligi tashabbusiga kо‘ra, yoxud harbiy xizmatchi nomiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlar sodir etganligi sababli harbiy xizmatdan bо‘shatilgan sobiq harbiy xizmatchilarni ishga qabul qilish masalasi alohida ishchi guruh tuzilgan holda о‘rganib chiqiladi va ishchi guruh a’zolari tomonidan imzolangan bayonnoma qaroriga asosan amalga oshiriladi. Ishchi guruh tarkibi hamda ularning vazifasi tegishli “Ish beruvchi”ning burug‘i bilan belgilab beriladi.

Ishga qabul qilingan har bir ishchi va xizmatchining ishga qabul qilinishi, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi, mehnat shartnomasiga о‘zgartirishlar kiritish, boshqa lavozimga о‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat daftarchasini yuritish va boshqa mehnat munosabatlari bо‘yicha ma’lumotlari xodim mehnat faoliyatini olib borayotgan harbiy qism va muassasalarning tegishli mas’ul shaxsi tomonidan (mazkur bо‘linmalar pul ta’minotida bо‘lgan harbiy qism, muassasa yoki tashkilotlar kadr organlari tomonidan), “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksi tizimiga kiritib boriladi.

Ishchi va xizmatchilarni Mehnat kodeksi talablariga muvofiq boshqa doimiy ishga о‘tkazish faqat ularning roziligi bilan “Ish beruvchi”ning buyrug‘iga asosan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim va “Ish beruvchi” о‘rtasida tuzilgan qо‘shimcha kelishuv asos bо‘ladi.

Ishchi va xizmatchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish Mehnat qonunchiligi hamda boshqa mehnat tо‘g‘risidagi hujjatlar talablari asosida amalga oshiriladi.

Ishchi va xizmatchilarni taqdirlash, mukofotlash, ularga intizomiy jazo choralarini qо‘llash hamda mehnat shartnomasini bekor qilish xodimning bevosita boshliqlari tomonidan bо‘ysunuviga kо‘ra “Ish beruvchi”ga taqdim etilgan hujjatlari asosida amalga oshiriladi.

Xodimlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishga qabul qilish vaqtida nomzod bо‘yicha yig‘ilgan hujjatlar, uning mehnat faoliyati davomida bevosita boshliqlari tomonidan berilgan tavsifnomalar, mehnat ta’tili berish, boshqa lavozimga о‘tkazish va boshqa masalalar tо‘g‘risidagi “Ish beruvchi”ning buyruqlaridan kо‘chirmalar) ularning shaxsiy yig‘majildga tikib boriladi.

Ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yig‘majildlari kadr organida saqlanadi
va yuritiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yig‘majildlari uch yildan sо‘ng belgilangan tartibda yо‘q qilinadi. Mehnat shartnomasi bekor qilingan ishchi va xizmatchilarning T-2 shaxsiy kartochkalari mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning hujjatlaridan alohida saqlanadi
va belgilangan tartibda va muddatlarda Mudofaa vazirligi Markaziy davlat arxiviga topshiriladi.

Ishchi va xizmatchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini saqlash, ishlov berish, boshqa shaxslarga berish tartibi qonunchilik talablariga asosan amalga oshiriladi.

Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi qо‘shinlardagi ishchi
va xizmatchilar lavozimlarini malakali mutaxassislar bilan butlash, ular bilan mehnat munosabatlarini tо‘g‘ri tashkillashtirish, imtyoz va kafolatlarni berilishini ta’minlanishini nazorat qiladi va mazkur yо‘nalishlarda tegishli kо‘rsatma
va takliflar ishlab chiqadi.

Harbiy qismlarda ishchi va xizmatchilar mehnat faoliyatiga tegishli bо‘lgan barcha masalalar mehnat qonunchiligi va boshqa mehnat tо‘g‘risidagi hujjatlarga asosan tartibga solinadi.

Fuqarolar Mudofaa vazirligi tizimidagi ishchi va xizmatchilar uchun belgilangan bо‘sh ish о‘rinlariga ishga joylashish maqsadida mudofaa.uz sayti orqali berib boriladigan bо‘sh ish о‘rinlari tо‘g‘risidagi e’lonlar bilan tanishib borishi va ishga joylashish yuzasidan YAMMT “IDAK”orqali elektron talablabnomalari yuborishi mumkin.

YAMMT “IDAK”da e’lon qilinayotgan bо‘sh ish о‘rinlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar real vaqt rejimda, mudofaa.uz saytidagi bо‘sh ish о‘rinlari tо‘g‘risidagi e’lonlar esa har oyda bir marta yangilanib boriladi.

Tegishli harbiy qism va muassasalar bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari mazkur saytga joylashtirilgan bо‘lib, fuqarolar haftaning dushanba-shanba kunlari 8.00 dan 18.00 gacha murojaat qilishlari mumkin.

1-ilova

 

_________________________________

_________________________________

(harbiy qism, muassasa nomi)

komandiriga (boshlig‘iga)

fuqaro______________________dan

A R I Z A

 

Ushbu orqali Sizdan meni _________________________________________________

                                                                        (harbiy qism, muassasa nomi)

 ___________________________________ lavozimiga ishga qabul qilishingizni sо‘rayman.

            (lavozim nomlanishi)

Arizaga ishga joylashish yuzasidan yig‘ilgan hujjatlarni ilova etaman.
Ilova ____ varaqda.

 

_____________                                          ______________________________

imzo                                                              (nomzodning F.I.O.)

 

20___ y. “____”_______

 

KELISHILGAN

_________________________________

(harbiy qism, muassasa nomi)

_______________________________ bо‘linma boshlig‘i

 

____________

(harbiy unvoni)

____________________

(ismining b.h. va familiyasi)

 

20___ y. “____”-______________

2-ilova

Ishchi va xizmatchilar lavozimlariga ishga qabul qilinayotgan fuqaro bо‘yicha yig‘iladigan hujjatlar RО‘YXATI

  1. Nomzodni ishga qabul qilish bо‘yicha yozgan arizasi.
  2. Sо‘rovnoma (anketa) 5-shakl.
  3. 3×4 sm о‘lchamdagi 2 dona fotosurat (2020-yil 1-yanvardan boshlab birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).
  4. Mehnat daftarchasi (2020-yil 1-yanvardan boshlab birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno).
  5. Soliq tо‘lovchining indentifikatsiya raqami (INN nusxasi).
  6. О‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar uchun mehnat daftarchasi о‘rniga asosiy ish joyidan olingan ma’lumotnoma.
  7. Maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsatnomaning borligi haqida tegishli shakldagi ma’lumotnoma (agar ruxsatnoma talab qilingan bо‘lsa).
  8. Joylardagi IIB axborot markazlaridan nomzodga nisbatan sudlangan yoki sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma (agar elektron tizim orqali olishni imkoni bо‘lmasa).
  9. Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (nusxasi).
  10. Nogironlik tо‘g‘risida ma’lumotnoma (agar nogironligi bо‘lsa).
  11. Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda, Afg‘oniston Demokratik Respublikasida jangovar harakatlarda qatnashganligi tо‘g‘risida guvohnoma nusxasi (agar qatnashgan bо‘lsa).
  12. Harbiy xizmat о‘tagan yillari miqdori tо‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari bо‘limining ma’lumotnomasi (harbiy xizmatdan bо‘shagan harbiy xizmatchilar uchun).
  13. Joriy yil yanvar oyidan boshlab oylik maoshi tо‘g‘risida oxirgi ish joyidan ma’lumotnoma (ishga kirayotgan yilda ishlagan bо‘lsa).
  14. Sog‘ligi bо‘yicha ma’lumotnoma (agar elektron tizim orqali olishni imkoni bо‘lmasa).
  15. Tarjimai hol (xodimning obyektiv ma’lumotnomasi hamda barcha yaqin qarindoshlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron shaklda).
  16. Biometrik pasport (ID karta) yoki uning о‘rnini bosadigan boshqa hujjat, maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega bо‘lgan fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasporti, agar mavjud bо‘lsa).
  17. Qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bо‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki о‘rta maxsus ta’lim muassasasini tamomlaganligi tо‘g‘risidagi diplom yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma, ilmiy unvon, ilmiy daraja diplom nusxalari yoki boshqa tegishli hujjat.
  18. Harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishlicha harbiy guvohnoma yoki harbiy hisobda turganligi haqida guvohnoma.
  19. Nikoh tuzilganligi (bekor qilinganligi) tо‘g‘risida ma’lumotnoma (agar elektron tizim orqali olishni imkoni bо‘lmasa).
  20. Yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka va opa-singil, turmush о‘rtog‘i hamda farzandlari) va turmush о‘rtog‘ining yaqin qarindoshlarining pasport (ID karta) nusxalari, shu jumladan vafot etganlarning о‘lim haqida guvohnomalari nusxalari (agar elektron tizim orqali olishni imkoni bо‘lmasa).

3-ilova

Fuqarolarni ishga qabul qilish jarayonida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali sо‘rab olinadigan hujjatlar

RО‘YXATI

T/r

Ma’lumot va hujjat nomi

Ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishga mas’ul vazirlik va idoralar rо‘yxati

1.

Ruhiy kasalliklar bо‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi tо‘g‘risida ma’lumot

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2.

Narkologiya bо‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi tо‘g‘risida ma’lumot

3.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining (VTEK) ma’lumotlari

4.

Sudlanganlik haqida ma’lumot

Ichki ishlar vazirligi

5.

Manzil-ma’lumot axboroti

Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi

6.

Pasport ma’lumotlari

7.

Shaxsning fotosurati

8.

Soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi tо‘g‘risida ma’lumot

Davlat soliq qо‘mitasi

9.

Soliq tо‘lovchi jismoniy shaxsning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qо‘yilganligi tо‘g‘risida ma’lumot

10.

Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi tо‘g‘risida ma’lumot

Davlat soliq qо‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

11.

Turar joyining maydoni tо‘g‘risida ma’lumot

12.

Kadastr hujjatlari ma’lumoti

13.

Pensiya va nafaqa miqdori tо‘g‘risida ma’lumot

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamharmasi

14.

Pensiya va nafaqa oluvchilar rо‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi

15.

Ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotlar

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

16.

Ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi

“О‘zarxiv” agentligi, vazirlik va idoralar

17.

Oliy va о‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim olganligini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasi

“О‘zarxiv” agentligi, Oliy
va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi

18.

Tug‘ilish, о‘lim, nikohni qayd etish va nikohdan ajralganligi tо‘g‘risida ma’lumotnomalar

Davlat xizmatlari agentligi

 

4-ilova Boshqaruv xodimlari hamda mutaxassislarning bajaradigan asosiy ish turlarining murakkabligidan kelib chiqib ularga qо‘yiladigan

MALAKA TALABLARI

Bо‘lim boshlig‘i, alohida bо‘linma boshlig‘i yoki guruhlar

(maxfiy, ma’muriy-xо‘jalik va boshqa ta’minlovchi va xizmat kо‘rsatuvchi bо‘limlar, bо‘linmalar va guruhlardan tashqari)

Asosiy ishlar tarkibi

О‘z bо‘ysunuvidagi bо‘lim, bо‘linma, guruhlarni (bundan buyon matnda bо‘lim deb yuritiladi) takomillashtirish va rivojlantirish yо‘nalishini aniqlaydi. Bо‘limning vakolatiga kiruvchi barcha savollarni qamrab olgan kо‘p qirrali qarorlarni qabul qilish bо‘yicha kompleks xarakterga ega bо‘lgan ishlarni bajarish.  

Bо‘ysunuvchilar tomonidan rejalar, dasturlar, О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari, mudofaa vaziri va uning о‘rinbosarlarining buyruq va direktivalari, shuningdek, huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar va yо‘riqnoma loyihalarini ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish va ularni boshqarish.

О‘zbekiston Respublikasi qonun loyihalari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, mudofaa vazirining buyruq va direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi Harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashida, Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik va shularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish va ular yuzasidan tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash.

Qonunchilikda belgilab berilgan vakolatlari doirasida bо‘limning faoliyatiga bog‘liq masalalarda qо‘shinlarda qonunchilik, mudofaa vazirining buyruq
va direktivalari talablarini tо‘g‘ri qо‘llanilishini nazorat qilishni ta’minlaydi.

Bо‘limning faoliyat yо‘nalishi bо‘yicha ilg‘or tajribalarni umumlashtirish
va qо‘shinlarga targ‘ib qilish ishlarini bajarish va tashkillashtirish.

Boshqaruv qarorlarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslantirgan holda tayyorlashni ta’minlash.

Bо‘lim xodimlarini malaka oshirishi, ular tomonidan davlat va harbiy sirlarni saqlanishi, maxfiylik rejimiga rioya etishi, mehnat qilish va dam olishini ta’minlovchi tadbirlarni olib borish.

Kvalifikatsiya talablari.

Oliy ma’lumot, bakalavr, asosiy ish yо‘nalishi bо‘yicha amaliy ish tajribaga:

vazirlik tasarrufidagi qо‘shinlarda rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, boshqa vazirlik, boshqaruv apparatlari rahbarlik lavozimlarida kamida besh yil ish stajiga ega bо‘lgan;

еtakchi mutaxassis (birinchi toifali mutaxassis) lavozimlarida о‘n yildan kam bо‘lmagan ish stajiga ega bо‘lgan;

xizmat, bо‘lim, guruhlar boshliqlarining katta yordamchilari va katta mutaxassis lavozimlarida kamida еtti yillik ish stajiga ega bо‘lgan.

Maslahatchi, konsultant

Asosiy ishlar tarkibi.

Asos qilib olish uchun tahlil ishlarini bajarish, qо‘shinlar ishlaridagi mavjud holatlarni tahlil qilish, asosli qaror qabul qilish uchun ilmiy asoslangan holda qaror loyihasini tuzish, qarorini asoslab berish uchun tegishli usul va uslublarni tanlash. Boshqaruv qarorlarini hayotga tatbiq etish bо‘yicha topshiriqlar, dasturlar, usul
va uslublarni ishlab chiqish. Harbiy boshqaruv organlari faoliyatining boshqarishda barcha turdagi ta’minot turlari bо‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishga boshchilik qilish.

Ushbu maqsadlarda:

  1. a) О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari, mudofaa vaziri, uning birinchi о‘rinbosari-Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, uning о‘rinbosarlarining qо‘shin turi qо‘mondonlari, harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondonlarining buyruqlari, kо‘rsatmalari, shuningdek, huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar va yо‘riqnomalar loyihalarini ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish;
  2. b) О‘zbekiston Respublikasi qonun loyihalari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, mudofaa vazirining buyruq, direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi Harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashida, Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik va shularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish va ular bо‘yicha tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash.
  3. d) statistik hisob va hisobotlardan kelib chiqib, qо‘shinlardagi real holatni tahlil qilish;

е) qо‘shinlardagi kamchilik va ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish
va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ilg‘or tajribani hayotga tatbiq etish;

  1. f) barcha turdagi harbiy boshqaruv organlarining boshqaruv faoliyati bо‘yicha normativ ma’lumotlarni ishlab chiqishga boshchilik qilish. Bosh mutaxassis guruhlarini boshqarishning uslublarini muvofiqlashtirish.
  2. g) shaxsiy tarkib bilan ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va seminarlar о‘tkazish.

Kvalifikatsiya talabi

Oliy maxsus ma’lumot, bakalavr va harbiy boshqaruv organlarida boshqaruv rahbar (boshqarma, bо‘lim, xizmat boshlig‘i) lavozimlarida mutaxassisligi bо‘yicha ish tajribasiga ega bо‘lganlar yoki Mudofaa vazirligi markaziy apparatida bosh mutaxassis lavozimida kamida bir yil ishlagan bо‘lishi kerak.

Bosh mutaxassis

Asosiy ishlar tarkibi.

Asos qilib olish uchun tahlil ishlarini bajarish, qо‘shinlar ishlaridagi mavjud holatlarini tahlil qilish, asosli qaror qabul qilish uchun ilmiy asoslangan holda qaror loyihasini tuzish, qarorini asoslab berish uchun tegishli usul va uslublarni tanlash. Boshqaruv qarorlarni hayotga tatbiq etish bо‘yicha topshiriqlar, dasturlar, usul va uslublarni ishlab chiqish. Harbiy boshqaruv organlari faoliyatining boshqarishda barcha turdagi ta’minot turlari bо‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishga boshchilik qilish.

Ushbu maqsadlarda:

  1. a) О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlarini, mudofaa vaziri, uning birinchi о‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining, uning о‘rinbosarlarining, qо‘shin turlari qо‘mondonlari, harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondonlarining buyruqlari, kо‘rsatmalari, shuningdek, huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar va yо‘riqnomalar loyihalarni ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish;
  2. b) О‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihalari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, mudofaa vazirining buyruqlari va direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashida, Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik va shularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish va ular bо‘yicha tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash.
  3. d) statistik hisob va hisobotlardan kelib chiqib, qо‘shinlardagi real holatni tahlil qilish;

е) qо‘shinlardagi kamchilik va ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ilg‘or tajribani hayotga tatbiq etish;

  1. f) barcha turdagi harbiy boshqaruv organlarining boshqaruv faoliyati bо‘yicha normativ ma’lumotlrani ishlab chiqishga boshchilik qilish. Bosh mutaxassislar guruhlarini boshqarishning uslublarini muvofiqlashtirish.
  2. g) shaxsiy tarkibga ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va seminarlar о‘tkazish.

 

Kvalifikatsiya talabi

 

Oliy maxsus ma’lumot, bakalavr va rahbar (boshqarma, bо‘lim, xizmat boshlig‘i) lavozimlarida mutaxassisligi bо‘yicha ish tajribasiga ega bо‘lganlar yoki Mudofaa vazirligi markaziy apparatida еtakchi mutaxassis lavozimida kamida ikki yil ishlagan bо‘lishi kerak.

 

Bо‘lim boshlig‘ining yordamchisi

 

Asosiy ishlar tarkibi.

 

Asos qilib olish uchun tahlil ishlarini bajarish, qо‘shinlar ishlaridagi mavjud holatlarni tahlil qilish, asosli qaror qabul qilish uchun ilmiy asoslangan holda qaror loyihasini tuzish, qarorini asoslab berish uchun tegishli usul va uslublarni tanlash. Boshqaruv qarorlarni hayotga tatbiq etish bо‘yicha topshiriqlar, dasturlar, usul va uslublarni ishlab chiqish. Harbiy boshqaruv organlari faoliyatining boshqarishda barcha turdagi ta’minot turlari bо‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishga boshchilik qilish.

Ushbu maqsadlarda:

  1. a) О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari, Mudofaa vaziri, uning birinchi о‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining, uning о‘rinbosarlarining, qо‘shin turi qо‘mondonlari, harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondonlarining buyruqlari va kо‘rsatmalari, shuningdek, huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar va yо‘riqnomalar loyihalarni ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish;
  2. b) О‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihalari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, mudofaa vazirining buyruqlari, va direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi Harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashida, Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish va ular bо‘yicha tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash.
  3. d) statistik hisob va hisobotlardan kelib chiqib, qо‘shinlardagi real holatni tahlil qilish;

е) qо‘shinlardagi kamchilik va ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ilg‘or tajribani hayotga tatbiq etish;

  1. f) barcha turdagi harbiy boshqaruv organlarining boshqaruv faoliyati bо‘yicha normativ ma’lumotlrani ishlab chiqishga boshchilik qilish. Bosh mutaxassislar guruhlarini boshqarishning uslublarini muvofiqlashtirish.
  2. g) shaxsiy tarkibga ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va seminarlar о‘tkazish.

 

 

Kvalifikatsiya talabi

Oliy maxsus ma’lumot, bakalavr va rahbar (boshqarma, bо‘lim, xizmat boshlig‘i) lavozimlarida mutaxassisligi bо‘yicha ish tajribasiga ega bо‘lgan yoki Mudofaa vazirligi markaziy apparatida birinchi toifali mutaxassis lavozimida kamida ikki yil ishlagan bо‘lishi kerak.

 

Еtakchi mutaxassis

Asosiy ishlar tarkibi.

Asos qilib olish uchun tahlil ishlarini bajarish, qо‘shinlar ishlaridagi mavjud holatlarni tahlil qilish, asosli qaror qabul qilish uchun ilmiy asoslangan holda qaror loyihasini tuzish, qarorini asoslab berish uchun tegishli usul va uslublarni tanlash. Boshqaruv qarorlarni hayotga tatbiq etish bо‘yicha topshiriqlar, dasturlar, usul
va uslublarni ishlab chiqish. Harbiy boshqaruv organlari faoliyatining boshqarishda barcha turdagi ta’minot turlari bо‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishga boshchilik qilish.

Ushbu maqsadlarda:

a) О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari, mudofaa vaziri, uning birinchi о‘rinbosari –Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, uning о‘rinbosarlari, qо‘shin turi qо‘mondonlari, harbiy okrug qо‘shinlari qо‘mondonlarining buyruq va direktivalari, shuningdek, huquqiy tusdagi boshqa hujjat va yо‘riqnoma loyihalarini ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish;

b) О‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihalari, О‘zbekiston Respublikasi Farmoni, mudofaa vazirining buyruq va direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi Harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashida, Mustaqil Davlatlar Hamdо‘stligi a’zo davlatlari tomonidan qabul qilingan qonunchilik va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish va ular bо‘yicha tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash.

d) statistik hisob va hisobotlardan kelib chiqib, qо‘shinlardagi real holatni tahlil qilish;

е) qо‘shinlardagi kamchilik va ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish
va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ilg‘or tajribani hayotga tatbiq etish;

f) barcha turdagi harbiy boshqaruv organlarining boshqaruv faoliyati bо‘yicha normativ ma’lumotlarni ishlab chiqishga boshchilik qilish. Bosh mutaxassislar guruhlarini boshqarish uslublarini muvofiqlashtirish.

g) shaxsiy tarkibga ma’ruzalar, mashg‘ulotlar va seminarlar о‘tkazish.

Kvalifikatsiya talabi

oliy maxsus ma’lumot, bakalavr va rahbar (boshqarma, bо‘lim, xizmat boshlig‘i) lavozimlarida mutaxassisligi bо‘yicha ish tajribasiga ega bо‘lganlar yoki Mudofaa vazirligi markaziy aprparatida birinchi toifali mutaxassis lavozimida kamida ikki yil ishlagan bо‘lishi kerak.

Birinchi toifali mutaxassis asosiy ishlar tarkibi

Ma’lum bir mutaxassislik faoliyati bо‘yicha mustaqil ravishda boshqaruv qarorlar qabul qilish uchun maxsus tusdagi ishlarni bajarish:

a) О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari, mudofaa vaziri va uning о‘rinbosarlari, shuningdek, qо‘shin turlari va okrug qо‘shinlari qо‘mondonining buyruq va direktivalari loihalarini ishlab chiqish;

b) О‘zbekiston Respublikasi qonun loyihalari, О‘zbekiston Respublikasi farmoni, Mudofaa vazirining buyruqlari va direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashiga tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash;

d) mutaxassisligi bо‘yicha barcha bо‘g‘inlardagi boshqaruv organlari hisob, hisobotlarini olib borish va tashkillashtirishni nazorat qilish;

е) qо‘shinlardagi kamchilik va ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish
va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ilg‘or tajribani hayotga tatbiq etish;

f) shaxsiy tarkibga ma’ruzalar, mashg‘ulot va seminarlarо‘tkazish.

Kvalifikatsiya talablari

oliy (maxsus) ma’lumot, bakalavr va mutaxassisligi bо‘yicha ish tajribasiga ega bо‘lgan о‘rta maxsus ma’lumotlilar yoki rahbar lavozimda kamida uch yil ishlagan, еtakchi mutaxassis yoki birinchi toifali mutaxassis lavozimida kamida besh yil ishlagan bо‘lishi kerak.  

Mutaxassis toifasiga kirmagan boshqa xizmatchilar lavozimlari uchun

Asosiy ishlar tarkibi.

Ma’lum bir faoliyat turi bо‘yicha mustaqil ravishda ishlarni bajarish:

  • a) Mudofaa vaziri va uning о‘rinbosarlari, shuningdek, qо‘shin turi va okrug qо‘shinlari qо‘mondonining buyruq va direktivalari loihalarini ishlab chiqish;
  • b) Mudofaa vazirining buyruqlari va direktivalari, О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriligi Harbiy kollegiyasi va harbiy okruglarning harbiy kengashida tegishli hujjatlar bо‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash;
  • d) yо‘nalishi bо‘yicha hisob, hisobotlarni olib borish va tashkillashtirishni nazorat qilish;
  • е) qо‘shinlardagi kamchilik va ilg‘or tajribalarni о‘rganish, umumlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, ilg‘or tajribani hayotga tatbiq etish;
  • f) shaxsiy tarkibga ma’ruzalar, mashg‘ulotl va seminarlar о‘tkazish.

Kvalifikatsiya talablari

XALIKK-2020 talablaridan kelib chiqib, bakalavr yoki mutaxassisligi bо‘yicha ish tajribasiga ega bо‘lgan о‘rta maxsus ma’lumotli bо‘lishi kerak.

Vazirlik tizimida mehnat faoliyatni olib borayotgan barcha xizmatchilar о‘zbek tilida va о‘zbek tili lotin alifbosida, shuningdek, Prezentatsiya Microsoft PowerPoint, Microsoft Excel hamda Microsoft Word dasturiy ta’minotlarda ishlay oladigan bо‘lishi kerak.

Malaka talablari har bir lavozim uchun belgilangan bо‘lib, mazkur talablar bilan fuqaro ishga qabul qilish jarayonida tanishtiriladi.

Mudofaa vazirligi markaziy apparati tarkibiy bо‘linmalari xizmatchilari lavozimlariga nomzodlarni ishga qabul qilish Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Bunda nomzodlar bilan mehnat shartnomasi imzolangunga qadar ular bilan o‘zbek tilida va o‘zbek tili lotin alifbosida ish yuritish, shuningdek, Prezentatsiya Microsoft PowerPoint, Microsoft Excel hamda Microsoft Word dasturiy ta’minotlarda ishlay olishi, shu bilan birga ularning ruhiy holatini o‘rganish yuzasidan IQ test topshrishlari talab etiladi.