O‘zbek adabiyoti siymolari

0
1462

Geolologiya fanlari universitetida Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlar va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tashabbusi bilan sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan hamkorlikdagi yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirning kirish soʻzini universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori, tarix fanlari doktori Murodulla Xaydarov ochib berib, ikki buyuk shaxs hayoti va ijodi, oʻsha davr tarixi haqida qiziqarli ilmiy maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shuningdek, tadbir davomida universitet professorlari tomonidan Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning donolik bilan yuritgan siyosati, mohir sarkardaligi va oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Soʻngra Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tomonidan Boburning hayotiga bagʻishlab, sahnalashtirilgan chiqishlar namoyish etildi. Tadbir soʻngida faol ishtiroki uchun bir guruh xizmatchilar va professorlarga minnatdorlik bildirildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti