Farg‘onada “Harbiy qismda bir kun” lohiyasi o‘tkazildi

0
1603

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari hamda Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyat kengashi bilan hamkorlikda Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida yoshlarga harbiy liboslar berilib, ular bilan faxriylar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda mazkur loyiha maqsadlari, kun tartibi hamda mashg‘ulotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mazkur lohiya davomida harbiy xizmatchilar tomonidan ishtirokchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Harbiy qism kun tartibiga rioya qilgan holda, saf tayyorgarligi, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O‘quvchi yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar va harbiy taomnoma bilan ham yaqindan tanishib chiqdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati