Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti iqtidorli talabalarni oʻqishga taklif qiladi

0
1734

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi qaroriga asosan, Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga nomzodlarni saralash, tanlov asosida, respublikaning muhandislik-texnika* oliy taʼlim muassasalarinining 3-bosqichini tugatgan, oʻqish yakunlari boʻyicha yuqori natijalarga erishgan, harbiy institutda oʻqishni davom ettirish hamda kelgusida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash istagini bildirgan, shuningdek, sogʻligʻining xolatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan nomzodlar tarkibidan amalga oshiriladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga oʻqishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevralidan 31-martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻlimlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ariza (bildirgi);
  • chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
  • nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimayi hol;
  • anketa;
  • oʻqish, ish yoki xizmatni oʻtash joyidan (agar oʻqiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni oʻtayotgan boʻlsa) tavsifnoma hamda maʼlumotnoma;
  • ota-onasining OHTMga oʻqishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
  • 3×4 sm oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5×6 sm oʻlchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
  • OHTMga oʻqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).

Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
  • maʼlumoti toʻgʻrisidagi (umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan koʻrsatiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Keyingi navbatda amalga oshiriladigan harakatlarni Mudofaa vazirligining normativ hujjatlar talablariga asosan mudofaa ishlari boʻlimlari belgilab beradi.

Hozirda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida bakalavrlarni tayyorlash uchun 8 ta yoʻnalish boʻyicha quyidagi mutaxassislarni tayyorlamoqda.

  • Aloqa qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • AKH va maxsus aloqa-taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • Radioelektron razvedka va kurash taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • Havo hujumidan mudofaa radiotexnika qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • Havo hujumidan mudofaa zenit-raketa qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • Tarmoq va axborot tizimlari xavfsizligi taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi;
  • DXX chegara qoʻshinlari (intellektual tizimlar) taktik qoʻmondonligi mutaxassisligi.

*Respublikamizning barcha muhandis-texnik yoʻnalishida taxsil olayotgan oliygohlarning 3-kursni tamomlaganlaridan talabalar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutiga kirish uchun nomzod boʻlishi mumkin.