Samarqandda harbiy oilalar bilan ishlash boʻyicha oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi

0
920

Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash boʻyicha mutaxassislari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi.

Seminarda vazirlikning xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻyisha bosh mutaxassisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Zulfiya Mansurova dastlab soha vakillarining oʻtgan yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilindi.

Shundan soʻng, mamlakatimizda maʼmuriy tartibotlardan oʻtishni soddalashtirish, aholining turmush sifatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan, davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Seminarda harbiy xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalarini oʻrganish davomida ularning muammolari, oilaviy ahvoli, farzandlarining taʼlimi, bandlik, ajrimlarning oldini olish, turmush faravonligini yaxshilash masalalari va hamkorlikni tashkil etishga qaratilgan elektron jadval tizimi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati