“Bobur izdoshlari” — Andijonda

0
815

Andijon shahri markazidagi Alisher Navoiy nomli madaniyat va istirohat bog‘i erta tongdan  harbiy xizmatchilar va yoshlar bilan gavjum bo‘ldi.

Andijon viloyati hokimligi hamda Sharqiy harbiy okrug harbiy xizmatchilari hamkorligida tashkil etilgan mazkur “Bobur izdoshlari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirga viloyatdagi ko‘plab o‘quvchi yoshlar jalb etildi. 

Andijon shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab Vatanimiz bayroqlarini ko‘tarib, dadil  borayotgan harbiy xizmatchilar va yoshlar bugun yana bir bor shu aziz yurtning farzandlari ekanliklaridan faxrlangan bo‘lsalar ne ajab. Ana shunday tantanalar bilan vatanparvarlikni targ‘ib etayotgan ishtirokchilar Zahiriddin Muhammad Bobur maydoniga qadar saf bilan yurib keldilar.

Tadbirda Boburning bolalik, yoshlik hamda sarkardalik davrlari san’at ahlining mahoratli vakillari tomonidan gavdalantirildi. Shuningdek, Andijon shahar madaniyat bo‘limi sanatkorlari ijrosida Bobur g‘azallari kuyga solindi. Shahar hududidagi maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar ham g‘azallardan parchalar o‘qidilar. Ayniqsa, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining Bobur hayotini aks yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati