Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘qishga taklif etadi

0
10618

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun arizalar (bildirgilar) 1-fevralidan 31-martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘limlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • ariza (bildirgi);
  • chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
  • nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
  • anketa;
  • o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;
  • ota-onasining OHTMga o‘qishga kirishiga rozilik xati (voyaga yetmaganlar uchun);
  • 3×4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5×6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
  • OHTMga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi).

Quyidagi hujjatlar mudofaa ishlari bo‘limlari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
  • ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi.
  • Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda, chaqiriluvchining qayd etish guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Keyingi navbatda amalga oshiriladigan harakatlarni Mudofaa vazirligining normativ hujjat talablariga asosan mudofaa ishlari bo‘limlari belgilab beradi. Hozirda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti 8 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlamoqda.

Bilim yurtida bakalavrlarni tayyorlash uchun quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

  • Taktika;
  • Quruqlikdagi qo‘shinlar havo hujumidan mudofaa;
  • Qurollanish va otish;
  • Texnik ta’minot;
  • Jismoniy tayyorgarlik va sport;
  • Gumanitar fanlar;
  • Artilleriya;
  • Jangovar ta’minot;
  • Qo‘shinlar kundalik faoliyati va qo‘shinlarni boshqarish;
  • Tillar;
  • Tabiiy fanlar;
  • Umumtexnika fanlar.

Bilim yurtida kursantlar 4 yil tahsil oladi va o‘qish davridagi barcha sarf-xarajatlar Mudofaa vazirligi tomonidan qoplanadi.