Harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash yoʻlida

0
2236

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini joylarga chiqqan holda oʻrganish va suhbatlar oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

Bugungi kunda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu yoʻnalishda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligiga qarashli Qoraqalpogʻiston Respublikasining olis hududlaridan hisoblangan Qoʻngʻirot tumanida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida seminar treninglar oʻtkazildi.

Dastlab, ishtirokchilarning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oshirish, ularda yot gʻoyalarga nisbatan mafkuraviy imunitetini mustahkamlash maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqolpogʻiston Respublikasi bo‘yicha hududiy boshqarmasi xotin-qizlar masalalari boʻyicha yetakchisi tomonidan tushunchalar berib oʻtildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar, oilada er va xotin oʻrtasidagi munosabatlar “Ayolning oiladagi oʻrni”, “Mustahkam oila jamiyat poydevori” kabi mavzularda ma’ruzalar qildi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan davra suhbati yakunida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻlaqonli javoblar oldilar.