Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha memorandum imzolandi

0
1032

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan ta’mirlash batalyoni va Jarqo‘rg‘on tumanidagi kasb-hunar maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar normativ-huquqiy hujjatlarga tayangan holda oʻz meʼyoriy hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalari izchil amalga oshirilishini taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishni hisobga olib, aniq va manzilli vazifalar toʻgʻrisida kelishib oldi.

Mazkur tadbirda so‘zga chiqqan harbiy qism komandiri yoshlar bilan ishlash hozirgi davrdagi eng muhim masalalardan biri ekani, bunda davlat organlari, ayniqsa, mahalalarning o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Imzolangan memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, ularni vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda kasb-hunarga o‘rgatish, turli zararli illat va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishdan iboratdir.